Prezident Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi rahbarini ishdan oldi

Davlatimiz rahbari sogʼliqni saqlash sohasiga toʼxtalib, "Dok-1 Maks" preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan koʼz yumgani bilan bogʼliq vaziyatni qattiq tanqid qildi.

"Samarqand va Qashqadaryodagi bolalar oʼlimi sohada ishlar ahvolini, nazorat yoʼqligini koʼrsatdi. Bugun Farmatsevtika agentligi rahbari Kariyevni ishdan oldim. Bunga yoʼl qoʼygan mutasaddilarning hammasi qonun oldida javob beradi!", - dedi Prezident.