Prezident farmoni bilan birqancha tayinlovlar amalga oshirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʼyicha maslahatchisining birinchi oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʼyicha maslahatchisining birinchi oʼrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, Kaxraman Ramatullayevich Sariyev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʼyicha maslahatchisining birinchi oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelayotgan edi.
Umar Sapayevich Ismailov Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʼyicha maslahatchisining oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʼyicha maslahatchisining oʼrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Ulugʼbek Islomovich Muxammadiyev davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʼyicha maslahatchisining oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʼyicha maslahatchisining birinchi oʼrinbosari lavozimidan ozod etildi.






