Prezident har bir tumanga 50 million dollar investitsiya olib kelish vazifasini belgilab berdi

«Bu – har bitta tumanda qo‘shimcha kamida 5 mingta ish o‘rni va 20 milliard so‘m soliq tushumi paydo bo‘ladi, degani», - dedi davlat rahbari.

Bu ishlarni tizimli tashkil qilish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashkil qilindi, deb qayd etildi.

Vazir Qudratov, hokimlar va tarmoq rahbarlari bu ishlarni to‘g‘ri tashkil qilsa, 2023 yilda sanoatda o‘sishni 14 foizga olib chiqish mumkinligi ta’kidlandi.