Prezident intervyusi Qozog'iston gazetalarida chop etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog’istonga davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakat markaziy gazetalari “Егмен Қазақистан” va “Қазахстанская правдв” sahifalarida davlatimiz rahbarining bugungi O’zbekiston taraqqiyoti, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlikka bag’ishlangan katta intervyusi chop etildi.

Intervyuda davlatimiz rahbari Qozog’iston Respublikasi bilan ko’p yillik aloqalar, qardoshlik va hamkorlik borasida berilgan savollarga samimiyat va mamnuniyat ila javob qaytargan.

" Bugungi kunda O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokida iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan 1000 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ikki yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekistonda Qozog‘iston tenge banki faoliyat yuritib, mamlakat hududlarida o‘z filiallari tarmog‘ini kengaytirmoqda.
Kimyoviy mahsulotlar, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi klasterlarini yaratish, avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshqa ko‘plab yirik istiqbolli loyihalar ustida ishlayapmiz" deya ta'kidlagan davlatimiz rahbari.

Shuningdek intervyu davomida Orol dengizi bilan bog'liq holat va Avg'onistnondagi vaziyat, Turkiy tili davlatlar hamkorlik kengashi kabi muhim masalalar haqida ham so'z yuritildi.

Intervyu so'ngida davlatimiz rahbari Qozog'iston Mustaqilligining 30 yilligi bilan tabriklab ularga yangi yutuqlar, taraqqiyot va farovonlik tiladi.