Prezident Karl Uchinchiga uning taxtga oʼtirishi munosabati bilan tabrik yoʼlladi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qiroli Karl Uchinchiga uning taxtga oʼtirishi munosabati bilan tabrik yoʼlladi.
Maktubda Oʼzbekiston va Buyuk Britaniya oʼrtasidagi oʼzaro ishonch va yuksak hurmat ruhidagi keng qamrovli sheriklik kelgusida ham izchil rivojlanishiga ishonch bildirilgan.
Davlatimiz rahbari qirolga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda gʼoyatda sharafli faoliyatida ulkan yutuqlar, doʼst Birlashgan Qirollik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq tilagan.






