Prezident Komil Rahimov xonadonida mehmon bo‘ldi

Prezident korteji Xiva tumani Shomoxulum mahallasida toʼxtadi. Davlat rahbari bu yerda yashovchi Komil Rahimov xonadoniga kirib, aholining yashash sharoitlari bilan qiziqdi.

Komil ota uzoq yillar qishloq xoʼjaligida ishlagani, turmush oʼrtogʼi Soniya aya bilan ikki farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganini soʼzlab berdi. Oxirgi yillardagi imkoniyatlar natijasida yangi uyga ega boʼlgani, farzandlari universitetga oʼqishga kirganini aytdi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlar, Xorazm viloyatidagi oʼzgarishlar haqida samimiy suhbat boʼldi. Xonadon egalari bu oʼzgarishlarni har bir odam oʼz hayotida sezayotgani, turmush darajasi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotganini taʼkidladi.