Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichiga start beriladi

Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 1-iyul kuni boshlanishi ma’lum qilindi.

Test jarayonlari 1-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi. Imtihonlar ikki smenada - 09:00 va 16:00 da bo'lib o'tadi. Imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

Shuningdek, imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olish tavsiya etiladi. Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

P.S. Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.