Prezident maktablari o'quvchilari A-level imtihonlarida eng yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi!

Joriy yilning may-iyun oylarida bo'lib o'tgan A-level imtihonlarining natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra, Prezident maktablari o'quvchilari yuqori ko'rsatkich qayd etishdi.
Xususan:
Namangan shahridagi Prezident maktabida kimyo fanidan 100%;
Toshkent shahridagi Prezident maktabida matematika fanidan 96%, biologiya fanidan 94%;
Nukus shahridagi Prezident maktabida esa matematika va fizika fanlaridan 87 foizlik sifat ko'rsatkichi qayd etildi.
“Buyuk Britaniyada o‘quvchilar A-level dasturi asosida 13 yil ta’lim oladilar. Toshkent shahridagi Prezident maktabining o‘quvchilari esa 2-3 yil ichida A* darajasini qo‘lga kiritishdi”,- deya ta’kidlaydi Abdul Hameed, Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi.






