«Prezident maktablariga qabul: imtihonlar, qabul kvotasi va tayyorgarlik jarayonlari» mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi

Joriy yilning 29-iyun kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Prezident maktablariga qabul: imtihonlar, qabul kvotasi va tayyorgarlik jarayonlari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Аgentlik rahbariyati va qabul komissiyasi aʼzolari ishtirok etishdi.
Mazkur matbuot anjumanida mutaxassislar tomonidan Prezident maktablariga o'qish istagini bildirgan talabgorlar statistikasi, imtihonlarga tayyorgarlik jarayonlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
2022-2023-o’quv yili uchun Prezident maktablariga xujjatlar qabuli joriy yilning 1-20-iyun kunlari onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi. Qabul jarayonlari davomida 1206 qisqa raqami - Call markazi tashkil qilindi. Koll-markaz mutaxassislari tomonidan har kuni 08:00 dan 20:00ga qadar kelib tushayotgan murojaatlarga doimiy tarzda javob berib borildi.
2022-2023-o’quv yilida Prezident maktablariga faqat 5-sinfga qabul o'tkazilib, 20-iyun kuni oʼz nihoyasiga yetdi. Tasdiqlangan jami arizalar soni 41930 tani tashkil etdi. Imtihonlar natijasiga koʼra Prezident maktablariga jami 336 nafar oʼquvchi oʼqishga qabul qilinishi kutilmoqda.






