Prezident maktablarining barchasi xalqaro Cambridge imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markazga aylandi

Xorijiy OTMlarga o‘qishga kirish uchun talab etiladigan A-level imtihonlarini o‘tkazish huquqi Prezident ta'lim muassasalari agentligiga berildi.

Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi.

Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi va A/AS, IGCSE imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo'ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan A-level imtihonlari may-iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

P.S. A-level imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.