Prezident muftiyning oilasiga ta'ziya bildirdi

Bu xodisa O'zbekiston xalqi katta yo'qotishdir. 15 avgust kuni og'ir kasallikdan so'ng O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafot etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun marhumning uyiga tashrif buyurib, oilasiga hamdardlik bildirdi.

Usmonxon Alimov 2006 yildan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiysi lavozimida ishlagan. Mamlakatimiz va xalqimiz manfaati uchun boy bilim va tajribani qo'llagan.

Davlatimiz rahbari Usmonxon Alimovning oila a'zolariga hamdardlik va qo'llab-quvvatlash so'zlarini ifodalab marhumning yaqinlari uchun tasalli bo'ldi.