Prezident O'zbekistondagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, tibbiyot, savdo va xizmat ko‘rsatish inshootlari qurilishiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Xususan, Prezident quyidagi loyihalar bilan tanishdi:
1) Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'ida zamonaviy kutubxona qurilishi.
2) Onkologiya va gematologiya shifoxonalarini tashkil etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar.
3) “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududida Termiz xalqaro savdo markazi tashkil etilishi.
Tadbirda Toshkent shahrida davlat ob’ektlaridan samarali foydalanish, Namangan viloyatida yo‘l bo‘ylarida savdo va xizmat shoxobchalari tashkil etish borasidagi rejalar ham muhokama qilindi.






