Prezident qatagʼon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun erta tongda Shahidlar xotirasi xiyobonida qatagʼon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi hamda “Yangi Oʼzbekiston” bogʼida Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʼydi.
Kechqurun davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik bilan murojaat qiladi.






