Prezident qarori bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi

Komiljon Karimov oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʼrinbosari lavozimiga, Shaxloxon Turdikulova oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
Sarvarxon Buzrukxonov oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʼrinbosari lavozimiga;
Olimjon Toʼychiyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimiga;
Madjit Karimov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Sadoqat Siddiqova boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining oʼrinbosari lavozimidan ozod etildi.






