Prezident qarori bilan qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Shaxrux Shaturgunovich Sharaxmetov Oʼzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
Sodiq Donaqulovich Toshboyev Oʼzbekiston Respublikasi Din ishlari boʼyicha qoʼmitasi raisi lavozimiga tayinlandi;
Baxodir Аbdusalomovich Begalov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
Аbdushukur Аbdujamilyevich Sadikov Oʼzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi direktori lavozimiga tayinlandi;
Olim Xayrullayevich Narzullayev Oʼzbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga tayinlandi.






