Prezident qarori bilan respublika hududlarida «Tadbirkorlik xiyobonlari» tashkil etiladi

Xiyobonlarda tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish hamda "B2B" formatidagi tadbirlar va "kovorking" faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratilib, Wi-Fi zonalar tashkil qilinadi.
Xiyobonlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan Savdo-sanoat palatasiga to‘langan a’zolik badallari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari hamda mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan barpo etiladi.
Shuningdek:
faol tadbirkorlarning erishgan natijalarini namoyish etish maqsadida yil davomida ko‘rgazmalar o‘tkazib boriladi;
xiyobonlardagi bino-inshootlar palataning hududiy boshqarmalari balansiga o‘tkazib beriladi.
Ma’lumot o’rnida qayd etib o’tamiz, o’tgan yilning 22-avgustida Prezidentning tadbirkorlar bilan o’tkazilgan uchrashuvida Shavkat Mirziyoyev tuman va shahar markazlarida Tadbirkorlar xiyoboni tashkil etilishi haqida taklif bergan edi.






