Prezident qator tibbiyot xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko’ra, mamlakatimizda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, yuqori salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun qator tibbiyot xodimlari mukofotlandi.

Sohaning bir qancha vakillari “Mehnat shuhrati” ordeni, I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, II darajali “Salomatlik” ordeni, “Do‘stlik” ordeni, “Sog‘lom turmush” medali va “Shuhrat” medali bilan taqdirlandilar.