Prezident raisligida videoselektor yigʼilishi o’tkaziladi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʼtarish va ayollarning jamiyatdagi oʼrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zoʼravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yigʼilishi bo’lib o’tadi.






