Prezident rasmiy tashrif bilan Qohira shahriga yetib bordi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qohira shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Misr Prezidenti Аbdulfattoh As-Sisi kutib oldi.

Oliy martabali mehmon tashrifi munosabati bilan Misr poytaxtining xalqaro aeroportida ikki mamlakat bayroqlari koʼtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Bugun davlatimiz rahbari ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv oʼtkazadi.

Tashrifning asosiy tadbirlari va oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 21-fevral kuni boʼlib oʼtadi.