Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish sanasi ma‘lum bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti saylovida 14–20 oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi.

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo'lmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Buning uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qilishi lozim.

Muddatidan oldin to‘ldirilgan saylov byulleteni yopiq konvertda, tegishli uchastka saylov komissiyalarining seyfida saqlanadi.