Prezident Shavkat Mirziyoev: «Endi transport vaziri Mahkamov ham uygʼonadigan vaqt keldi»

Transport vazirligiga barcha davlatlarning aviatsiyaga masʼul idoralariga Samarqand aeroportida xorijiy aviakompaniyalar reyslari va yoʼnalishlariga boʼlgan barcha cheklovlar olib tashlanganini yetkazish topshirigʼi berildi.
Shuningdek, transport vazirligiga:
xorijiy aviakompaniyalar bilan kelishuvga erishib, Samarqandga Yevropa, Osiyo, Аmerika, Аrab davlatlari hamda qoʼshni mamlakatlardan kuniga kamida 10 ta xalqaro reyslarni yoʼlga qoʼyish;
vodiy, Nukus, Urganch va Termizdan har kuni kamida 1 ta aviaqatnovni yoʼlga qoʼyish topshirildi.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Samarqandda bir yillik xalqaro uchrashuvlar va anjumanlarni oʼtkazish dasturini tasdiqlash topshirigʼi berildi.
Umuman, besh kun muddatda Samarqanddagi yangi majmualarni ishlatish, buning uchun qoʼshimcha imtiyoz va yengilliklar berish boʼyicha alohida qaror loyihasini ishlab chiqish zarurligi koʼrsatib oʼtildi.






