Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qoʼmitasiga tashrif buyuradi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qoʼmitasiga tashrif buyurib, soliq maʼmurchiligini isloh qilish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan yigʼilish oʼtkazadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari qoʼmitaning yangi tashkil etilgan Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati bilan tanishadi.






