Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Avval xabar berganimizdek, Tojikiston prezidenti taklifiga binoan 10 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga jo'nab kedi.

Oliy darajadagi muzokaralardan maqsad O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilishdir. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.

Ushbu snab o'tilgan barcha sohalarni qamrab olgan qariyb 30 dan ziyod hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif dasturidan Dushanbe shahrida madaniy tadbirlarda ishtirok etish, So‘g‘d viloyatida jamoatchilik vakillari bilan uchrashish, sanoat ob’ektlari bilan tanishish ham o‘rin olgan.