Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazmoqda

Joriy yilning 20-iyulidan 31-iyuliga qadar har bir tadbirkor o'z faoliyati bilan bog'liq savollar bilan bevosita O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilishi mumkin.

Ushbu tadbirda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, Respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.

Murojaatlarni tumaningizdagi tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari, yoki Shtab “Call-markazi”ning 11-00, (71) 238-52-52, (78) 150-60-06, (71) 202-09-06 telefon raqamlari hamda quyidagi internet tarmoqlari orqali yetkazish mumkin:
Veb-sayt: www.chamber.uz;
Facebook: www.facebook.com/uzchamber;
Instagram: www.instagram.com/uzchamber;
E-mail: info@chamber.uz.