Prezident tashkilot xodimlarini majburiy emlash to'g'risidagi qonunni tasdiqladi

Avval yozganimizdek, Senat tashkilot xodimlarini majburiy emlash to'g'risidagi qonunni ma'qulladi.

Shavkat Mirziyoyev “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Qonunga ko'ra, xodim profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.

Shu bilan birga, adliya vaziri Ruslanbek Davletov ish beruvchi xodimni emlashdan bosh tortgani uchun ishdan bo‘shatishi emas, balki chetlashtirishi mumkinligini ma’lum qildi.