Prezident topshirig‘i bajarildi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan 2021-yilnig 20 avgust kuni ilk bor “Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti” o‘tkazildi va aynan shu kundan buyon “20 avgust - Tadbirkorlar kuni” deya e’lon qilinib, har yili ushbu sanada Prezident va biznes vakillari o‘rtasida ochiq muluqot o‘tkazilishi belgilandi.

Tadbirkorlar uchun keng imkoniyat va qulayliklar taqdim etilishiga katta turtki bo‘lgan ushbu sana bizning yangi rejalarimiz uchun ham kuchli motivatsiyaga aylandi.

Davlatimiz rahbari uchrashuvda, “Yilning eng ilg‘or tadbirkorlar kitobini chop etish”, “Davlat idoralari tadbirkorni qo‘llab kuvvatlashga majbur” degan nutqlari jamoamizni yanada ilhomlantirdi.

Mamlakatimizning eksport, import va investitsiya salohiyatini o‘zida jamlagan “Bright Uzbekistan” xalqaro jurnalining ilk soni o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etildi.