Prezident Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisini qabul qildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida oʼtayotgan jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti doirasida mamlakatimizda boʼlib turgan Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisi Gulshat Mammedovani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Oʼzbekiston bilan Turkmaniston oʼrtasidagi mustahkam doʼstlik va yaxshi qoʼshnichilik, ishonch va strategik sheriklikka asoslangan munosabatlarning bugungi yuksak darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi.