Prezident Uchtepa tumanidagi aholi hayoti bilan yaqindan tanishdi

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, davlatimiz rahbari poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi "Tepakurgon" mahallasining hayoti bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 14-may kuni Uchtepa tumanida bo'ldi.

Mahalla hududida 6150 kishi yashaydigan 30 ta ko'p qavatli uy, 100 o'rinli ikkita maktabgacha ta'lim muassasasi va ixtisoslashtirilgan maktab-internat mavjud.

Tashrif davomida prezident chet tillarni o'qitish markazi faoliyati bilan tanishdi. Shu yerda Toshkent shahrida xizmat ko'rsatish sohasida ish o'rinlarini rivojlantirish va oshirish rejalari taqdimoti bo'lib o'tdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari yangi qurilgan ishlab chiqarish korxonasi – "Euroasia print" bosmaxonasi faoliyati bilan tanishdi, unda 60 dan ortiq ish o'rni yaratildi.

Bundan tashqari, keksa avlod va jamoatchilik vakillari bilan samimiy muloqot bo'lib o'tdi. Unda keksa avlod vakillari davlatimiz rahbariga Ramazon oyida sabr ila ro'za tutishganini, yurtimizda tinchlik va farovonlik xukm surishini niyyat qilib ibodat qilganlarini so'zlab berdilar.