Prezident vaziyatni oʼnglash boʼyicha mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi

Bosh vazir А.Аripov va energetika vaziri J.Mirzamahmudovga bor imkoniyatlarni ishga solib, mavjud resurslarni adolatli taqsimlab, muammoli mahallalarda odamlarga zudlik bilan yordam koʼrsatadigan tizim yaratish topshirildi.

Kelgusida bunday vaziyatga yoʼl qoʼymaslik uchun hozirdan aniq choralarni belgilash, yaʼni qaerda gaz boʼlmasa, suyultirilgan gaz yoki koʼmir yetkazishni bugundanoq hal qilish vazifasi qoʼyildi.

Ikki oy muddatda xorijdan malakali mutaxassislarni olib kelib, boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish boʼyicha amaliy ishlarni boshlash vazifasi qoʼyildi.

Energiya taʼminotida qayerda uzilish boʼlgan boʼlsa, uning sabablarini koʼrsatib, oqibatlari qancha muddatda bartaraf etilishini odamlarga tushunarli tarzda yetkazish zarurligi qayd etildi.

Bugungi sovuq kunlarda qarzdorlik deb, xonadonlarni elektr va gazdan uzilishiga yoʼl qoʼyilmasligi taʼkidlandi.