Prezident Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakilini qabul qildi

Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ayni daqiqalarda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʼyicha maxsus vakili Terxi Xakalani qabul qilmoqda.
Diqqat markazida - mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan koʼp qirrali hamkorligini, eng avvalo, iqtisodiyot va innovatsiya sohalarida yanada kengaytirish, demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, mintaqaviy integratsiyalashuv jarayonlarini qoʼllab-quvvatlash masalalari.






