Prezident yurtimiz turizm salohiyatini toʼliq roʼyobga chiqarishga toʼsqinlik qilayotgan kamchiliklarni sanab oʼtdi

Prezident raisligida turizm xizmatlari koʼlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʼyicha videoselektor yigʼilishi boshlandi.
Dunyoda pandemiya cheklovlari yumshayotgani natijasida turizm industriyasi tiklanishni boshlayotgani qayd etildi.
Joriy yil birinchi choragida yurtimizga xorijdan 610 ming nafar yoki oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 baravar koʼp turistlar keldi. May oyida hamkor davlatlardan sayyohlarning 20 foizi mamlakatimizga kelishi kutilmoqda (ilgari bu raqam 2-3 foiz boʼlgan).
“Lekin, har bir hokim hududimda tarixiy obidalar yoki manzarali joylar koʼp, deb xotirjamlikka berilmasligi kerak.
Mehmonxona, muzey, transport va yoʼllar, servis, ovqatlanish joylari kelayotgan turistlarni qabul qilishga tayyormi? Buning uchun qaysi hokim tayyorgarlik qildi?”, deya savol qoʼydi davlatimiz rahbari.
Prezident yurtimiz turizm salohiyatini toʼliq roʼyobga chiqarishga toʼsqinlik qilayotgan kamchiliklarni sanab oʼtdi.
Misol uchun, Qoraqalpogʼiston, Аndijon, Qashqadaryoda mavjud mehmonxona oʼrinlari talabga nisbatan ancha kam.






