Prezidentlikka birinchi nomzod ma'lum bo'ldi

O'zbekiston Ekologik partiyasi birinchi bo'lib partiya raisi Narzulla Oblomurodovni prezidentlikka nomzod qilib ko'rsatdi.

Mamlakatimizda 2021-yilgi prezident saylovida O'zbekiston ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi Narzulla Naimovich Oblomurodovni ilgari surdi, deya xabar beradi partiya matbuot xizmati.