Prezidentlikka uchinchi nomzod ma'lum bo'ldi

O‘zbekiston prezidentligiga navbatdagi nomzod - parlament deputati, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov.

Alisher Qodirov 1996 yilda Egey universiteti (Izmir, Turkiya), 2009 yilda Toshkent moliya institutini (sirtdan), 2011 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi bo'yicha filolog va iqtisodchi.