Prezidentning Fransiyaga tashrifi doirasida bir necha hujjatlar imzolanadi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 21-22-noyabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida bir qancha hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Xususan, tomonlar o'rtasida taʼlim, ilm-fan, madaniy meros, fuqaro aviatsiyasi, davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikka oid 14 ta hujjat imzolanishi kutilmoqda.