Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti 22-avgust kuni o‘tkaziladi

O‘tgan yili davlat rahbarining biznes ahli bilan ilk ochiq muloqoti o‘tkazilib, 20-avgust O'zbekistonda "Tadbirkorlar kuni" deb belgilangan edi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, bu yilgi tadbir 22-avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Joriy yilda ham davlat rahbari tadbirkorlar bilan uchrashib, sohadagi muammo va vazifalarni tahlil qiladi, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari bilan tanishib, yangi yechimlarni ko‘rsatadi, tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladigan qarorlarni qabul qiladi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, bu yilgi tadbir 22-avgust kuni o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Ma’lumot uchun, bo‘lajak uchrashuvga tadbirkorlardan respublika shtabiga qariyb 8,5 mingta murojaat kelib tushgan, ularning 72 foizi hal etilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning 17-18-avgust kuni Saudiya Arabistoniga tashrifi haqida xabar bergan edik.