Prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo’lib o’tadi

“20-avgust Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tishi kutilmoqda. Shu o’rinda, ishbilarmonlarning murojaat va takliflarini qabul qilish uchun sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun faoliyat koʼrsatayotgan koll-markazlar va tahliliy shtab tashkil etildi. Biznes vakillari oʼzlari duch kelayotgan muammo va takliflarni 1094 qisqa raqami va taklif2022.uz portali orqali yoʼllashlari mumkin bo’ladi.
Tezkor bogʼlanish raqami:
1094
Telefon raqamlari:
(78) 150-60-06
(71) 238-52-52
Portallar:
taklif2022.uz
tadbirkor.mift.uz






