Prezidentning tаdbirkorlаr bilаn ochiq muloqoti: yangi tаshаbbuslаr, qulаylik vа yengilliklаr

Joriy yilning 6-sentabr kuni Xalqaro press-klubning “Prezidentning tаdbirkorlаr bilаn ochiq muloqoti: yangi tаshаbbuslаr, qulаylik vа yengilliklаr” mavzuidagi sessiyasi o’tkazilib, unda Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev ishtirok etdi.

Xalqaro press-klub tomonidan tashkil etilgan navbatdagi suhbatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda mamlakatimiz tadbirkorlari o’rtasida o’tkazilgan ochiq muloqotning natijalari borasida so’z yuritildi.

Unga ko’ra, muloqotda ishtirok etgan va muammo hamda takliflari bilan Davlatimiz rahbariga murojaat qilgan tadbirkorlarning, masalalari qanday yechim topgani, ular faoliyatidagi o’zgarishlar, yangi islohotlar borasida fikr almashinildi.

Ochiq muluqotda Prezident tomonidan tadbirkorlik faoliyati uchun ilgari surilgan takliflar, muhokama qilingan muammolar va taqdim etilayotgan yangi imkoniyatlar O’zbekiston iqtisodiyoti hamda biznes vakillari uchun yangi qadam bo’lishi ta’kidlandi.

P.S. Joriy yilning 22-avgust sanasida Prezidentning tadbirkorlar bilan o’tkazgan ochiq muluqotida loyihamiz asoschisi Davron Abdullaev Davlatimiz rahbariga Bright Uzbekistan jurnalining ilk sonini taqdim etdi.