Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik

Bugun, 22-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti” o’tkazilishi munosabati bilan, mazkur uchrashuvda Bright Uzbekistan loyihasi a’zolari ham ishtirok etdi.
Ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonlarida Xalqaro loyihamiz a’zolari uchrashuvda ishtirok etayotgan tadbirkorlar bilan suhbatlashar ekan, bugungi muluqotning biznes vakillari uchun ahamiyati, unda ko’tarilishi ko’zda tutilgan muammo va takliflar yuzasidan o’zaro fikr almashdilar.
Tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, islohotlar shu o’rinda sohada mavjud muammo va bartaraf etilishi kutilayotgan masalalar, tadbirkorlarning takliflari hamda g’oyalari bayon etilishi rejalashtirilgan mazkur muloqot har bir soha vakili uchun muhim ekani alohida qayd etildi.
Mazkur jarayonlarda faol ishtirok etgan loyihamiz a’zolari tadbir qatnashchilariga Bright Uzbekistan jurnalining ilk sonini taqdim etib, loyiha va jurnal haqida ma’lumot berib o’tdilar.
P.S. Ochiq muluqot o’tkazilishi munosabati bian, tadbirkorlarning arizalari iyul oyi oxirigacha qabul qilinib, jami 8500 ga yaqin murojaat kelib tushgani ma’lum qilingan. Ularning 72 foizi esa, ijobiy yechim topgan.
O‘tgan yili muloqotga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 15 mingdan ortiq savol va takliflar to‘plangan. Ular yetti yo‘nalish bo‘yicha tizimlashtirilib, aniqlangan muammolar yuzasidan Prezidentning qator qarorlari qabul qilingan.






