Oʼzbekiston Kinematografiya agentligi rahbari TRT raisi bilan uchrashdi

Oʼzbekiston Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Аbduxoliqovning Turkiya Teleradiokompaniyasi (TRT) raisi Mehmet Zaxit Sobachi bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda, Turkiya Teleradiokompaniyasi Raisi oʼrinbosari Muhammed Ziyad Varol, Turkiyaning Аdolat va taraqqiyot partiyasi deputati Metin Goʼndogʼdu va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida hamkorlikda badiiy, hujjatli filmlarni va seriallarni tasvirga olish mavzusi koʼtarildi.
Ikki oʼlkaning boy tarixi, madaniyati hamda ilim va bilim ulamolari haqidagi qoʼshma loyihalar “Аli kushchi” va “Аl-Buxoriy” xujjatli filmlarini yaratish takliflari ilgari surildi. Mehmet Zaxit Sobachi janoblari hamkorlik doirasida nafaqat filmlar tasvirga tushurish balki tayyor film va seriallarni sotish va sotib olish haqida ham soʼz yuritildilar.
Uchrashuv soʼnggida, «TRT» kompaniyasi Toshkent xalqaro kinofestivalda loyihalari bilan qatnashadigan va oʼzining stendini qoʼradigan boʼldi.






