Ayrim import tovarlariga bojxona boji nol stavkalarining qo'llanilishi muddati uzaytirildi

"Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, Prezidentning tegishli Farmonida keltirilgan tovarlarga (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) import bojxona bojining nol stavkasi qo'llanish muddati 2023-yil 1-iyulgacha uzaytirilib, mazkur ro'yxatga bug'doy uni yoki bug'doy-javdar uni ham kiritildi.