Putin BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-aprel kuni Moskvada BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishni qabul qildi.

Rossiya rahbarining BMT Bosh kotibi bilan joriy muloqoti 24-fevral kuni Donbassni himoya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon birinchisi bo‘ldi. Oxirgi marta ular o'tgan yilning may oyida, Guterrish ham Rossiyada bo'lganida videoaloqa orqali muloqat qiligan edilar. Siyosatchilar bir-birlarini oxirgi marta 2020-yil yanvar oyida Liviya boʻyicha Berlinda boʻlib oʻtgan xalqaro anjumanda koʻrishgan.

Guterrish Putin bilan uchrashishidan avval Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Bundan oldin, 25-aprel kuni Guterrish Anqaraga tashrif buyurgan va u yerda Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘on bilan uchrashuvda Ukrainadagi vaziyatni ham muhokama qilgan edi. 28-aprel kuni ea BMT Bosh kotibi Kiyevga kelishi kutilmoqda.

Putinning Guterrish bilan suhbati seshanba kungi yagona xalqaro aloqa emas, u avvalroq Erdog‘on bilan telefon orqali muloqot qilgan edi.