Putin eksportchilarga valyuta tushumlarini sotish talabini bekor qildi

Prezident Vladimir Putin Rossiya eksportchilariga valyuta tushumining 50 foizini sotish talabini bekor qildi. Prezidentning tegishli farmoni huquqiy axborotning rasmiy internet portalida joylashtirildi.

Unga ko‘ra, valyuta tushumini majburiy sotish hajmini endilikda xorijiy investitsiyalar bo‘yicha hukumat komissiyasi, sotish muddatini esa Markaziy bank boshqaruvi kengashi belgilaydi.

Ukrainada "harbiy maxsus operatsiya" boshlanganidan bir necha kun o'tgach, Putin eksportchilarni uch ish kuni ichida valyuta tushumlarining 80 foizini sotish majburiyatini olgan farmonni imzoladi. Aprel oyida Markaziy bank bu muddatni 60 kunga oshirdi. Keyinchalik hukumat import shartnomalari boʻlgan eksportyorlarga 1-sentabrgacha valyuta tushumini sotmaslikka ruxsat berdi.

May oyining oxirida hukumat eksportchilarga valyuta tushumining 80 foizini emas, balki 50 foizini sotishga ruxsat berdi. Moliya vazirligi bu qarorni rubl kursining barqarorlashuvi va “ichki valyuta bozorida chet el valyutasi likvidligining yetarli darajasi”ga erishilgani bilan izohladi. Talabni kamaytirish bo'yicha takliflar Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan, deb ta'kidladi vazirlikdagi TASS suhbatdoshi.