Putinning muammosi aniqlandi

Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinning haqiqiy muammosi sababini ochib berdi. Va Jo Baydenning so'zlariga ko'ra, AQSh razvedkasi Rossiya razvedkasidan yaxshiroqdir.
"Men janob Putin bilan 16 iyun kuni Jenevadagi yig'ilishda bo'lganimda, uning haqiqiy muammosini aniqladim. Putin faqat yadro quroli va neft quduqlariga ega iqtisodiyotni boshqaradi. Boshqa hech narsasi yo'q. Ularning iqtisodiyoti hozir dunyoda sakkizinchi o'rinda turibdimi? U haqiqiy muammolari borligini o'zi biladi », - dedi Bayden.
Jo Bayden, shuningdek, AQSh razvedkasi Rossiya razvedkasidan yaxshiroq ekanligini qo'shimcha qilib aytdi.






