Qadamlar uchun pul to'lash vaqtinchalik to'xtatildi

O'zbekistonliklar 14 sentyabrdan yurish uchun to'lovlarni qabul qilishni to'xtatdilar. 1hls.uz Mobil ilova foydalanuvchilariga pul to'lash vaqtinchalik to'xtatildi deya Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 10 iyundan 13 sentyabriga qadar 10 ming va undan ortiq qadam qo'ygan fuqarolarga 1hls.uz, 9 mlrd.so'mdan ortiq mablag ' to'langan.
Qayd etilganidek, fuqarolar uchun ajratilgan hisobida 500 million so'mdan kam mablag' qolgan va to'lovlar avtomatik ravishda to'xtatilgan.
Turizm va sport vazirligi hisobdagi mablag'lar 5 milliard so'mni tashkil etgandan so'ng to'lovlar qayta tiklanishini ma'lum qildi.






