“Qahramonlar keladi va ketadi, lekin afsonalar abadiydir”

Afsonaviy basketbolchi, NBA afsonasi Kobi Brayant va uning qizi Jannaning haykali vertolyot halokati sodir bo’lgan Kaliforniyaning Kalabazas shahriga o‘rnatildi.
2020-yil, 26-yanvar kuni NBA ( Milliy basketbol assotsiatsiyasi)ning afsonaviy basketbolchisi Kobi Brayant shaxsiy vertolyotida halokatga uchrab voqea joyida vafot etgan. Vertolyotda Kobining 13 yoshli qizi Janna Brayant ham boʼlgan. Kobi Jijini oʼzining basketboldagi vorisi deb bilar va uning mashgʼulotlarini muntazam kuzatib borar edi.
"Men Bryantning muxlislariga biroz taskin berish maqsadida haykal ustida quyosh chiqishidan to botgunigaga qadar mehnat qildim” – deydi haykaltarosh Den Medina.
Haykalning tagida halokatda qurbon bo‘lgan to‘qqiz kishining ismlari o‘yib yozilgan bo‘lib, unda Brayantning “Qahramonlar keladi va ketadi, lekin afsonalar abadiydir” degan mashhur iqtibosi ham qayd etilgan.
Ma'lumot uchun: Kobi Brayant 1978-yilning 23-avgustida Filadelfiyada professional basketbolchi Jo Brayant oilasida dunyoga kelgan. Bolaligi Italiyada oʼtgan Kobi uch yoshidan basketbol oʼynashni boshlagan. U bolaligidanoq «Los-Аnjeles Leykers» basketbol jamoasiga muxlislik qilgan.
Filadelfiyada Kobi maktab basketbol jamoasi a’zosi bo’lgan, uning jamoasi shtat chempionligini ham qo’lga kiritgan. 1996-yilda «Sharlott Hornets» klubida NBAdagi faoliyatini boshlagan va keyinroq «Los-Аnjeles Leykers»da faoliyat yuritgan.
«LА Leykers»dagi 20 yillik faoliyati mobaynida Kobi Brayant besh marotaba NBA chempionligini qoʼlga kiritgan (2000, 2001, 2002, 2009 va 2010 yillarda) va 2008-2009-yilgi mavsumning eng yaxshi oʼyinchisi deb topilgan. 2009-2010-yillarda NBA final bosqichining eng yaxshi basketbolchisiga aylangan. Shuningdek, u 18 marotaba NBA yulduzlari uchrashuvida ishtirok etgan, 15 bor yulduzlar terma jamoasidan oʼrin olgan.






