Qahva ustida suhbat - OAV va MSK vakillari uchrashuvi

Bugun Simpoziumlar saroyida MSK vakillari va jurnalistlarning norasmiy uchrashuvi "galstuksiz uchrashuv" shaklida bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor, prezident saylovlarini yoritishda tezkor, ishonchli va shaffof ma’lumot beradigan soha vakillari, shubhasiz, bu – jurnalistlar.
Buning uchun qalam sohiblari bilan Markaziy saylov komissiyasi o‘rtasida yanada izchil hamkorlik, samimiy va do‘stona muhit o‘rnatilishi muhimdir. Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi hamda MSK Matbuot markazi barcha jurnalistlar, blogerlarni o‘zaro hamkorlikka chorladi.
"Bright Uzbekistan" jamoasi ham tadbirga taklif etildi va obunachilarimiz uchun norasmiy uchrashuvdan qisqa video ko‘rinishi tayyorladi.






