Qanday qilib O'zbekistondan Qozog'istonga uchsa bo'ladi: yangi havo yo'li

21-iyun kuni "O'zbekiston havo yo'llari" aviakompaniyasi Qozog'istonga yangi yo'nalish - Nukus-Aqtau-Nukusni yo'lga qo'ymoqda, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot-xizmati.

Ushbu reys har hafta dushanba kuni amalga oshiriladi. Nukus-Aqtau yo'l chiptasining narxi 1 093 000 so'mdan, Nukus-Aqtau-Nukus yo'nalishi esa 1 million 869 ming so'mdan boshlanadi. Shuningdek, haftasiga ikki marotaba (dushanba va juma kunlari) Urganch-Aqtau-Urganch reyslari bo'yicha qatnovlar bajarilishi rejalashtirilgan.

Mazkur yo'nalishlar O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi savdo-sotiq sohasida o'zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga turtki beradi, shuningdek, har ikki mamlakat fuqarolari qo'shni davlatga poezdda emas, balki samolyotda qulaylik bilan tashrif buyurishlari mumkin.