Qardosh mamlakatlarning turizm va madaniyat salohiyati

Tarixiy-madaniy boylik bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlaridan biri bo’lgan Turkiya bilan umumiy tarixga ega ekanligimiz mamlakatlarimiz o’rtasida, ayniqsa, madaniyat va turizm sohasida katta o‘xshashliklarni kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, qardosh mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko’tarilgan bir vaqtda, O’zbekiston va Turkiya o’rtasida amaldagi “Turizm sohasida hamkorlik to’g’risidagi kelishuv” davlatlararo tajriba va bilim almashinish hamda sohani yanada rivojlantirish imkonini taqdim etmoqda.
“Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi jurnalning yangi nashrida Turizm yoʼnalishida Turkiya tajribasi, Oʼzbekiston hamda Turkiya oʼrtasida sohadagi hamkorlik aloqalari borasida Turkiya Respublikasi turizm va madaniyat vaziri Mehmet Nuri Ersoy bilan o’tkazilgan suhbatni e’tiboringizga havola etadi.






