Qashqadaryodagi aholi xonadonlaridan biriga bo'ri kelib qoldi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi aholi xonadonlaridan biriga bo‘ri kelib qoldi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, boshqarmaga “To‘qmor” mahallasida yashovchi fuqaro N.O. ning hovlisiga yovvoyi hayvon kirib qolganligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushgan. O‘rganish davomida fuqaroning hovlisiga kirib qolgan hayvon bo‘ri ekani aniqlangan.

Boʻri viloyatning Shahrisabz shahrida joylashgan “Zootsirk” xususiy korxonasiga olib borib topshirilgan.

“Boʻrining holati qoniqarli darajada. Maxsus mutaxassislar tomonidan uning sogʻligi oʻrganilib, ularning xulosasi bilan tabiat qoʻyniga quyib yuborish rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.