Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

«Toshkent» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Shundan so‘ng Qozog‘iston rahbari «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, an’anaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.